logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xoland Koul va Shirerning rekordini takrorlashga yaqin turibdi

 27 AVGUST, 2023, 21:00

Angliya chempionatining 3-turida “Manchester Siti” “Sheffild Yunayted” bilan Sheffildda o'ynadi, uchrashuvning ikkinchi bo'limi o'rtalarida norvegiyalik hujumchi Erling Xoland hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi va o'zining Premer-ligadagi 39-golini kiritdi.

Buning uchun unga atigi 38 ta o'yin kerak bo'ldi va u tez orada qirqinchi golini urishiga shubha yo'q. Va bu, albatta, Alan Shirer va Endi Koulning rekordini yangilaydi - ular Premer-ligada 45 o'yinda o'zlarining ilk qirqta golini urishgandi.

Keyingi turda “Manchester Siti” o'z maydonida “Fulxem”ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR