logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

MLSda debyut qilgan Messi Liga tomonidan jazolanishi mumkin

 27 AVGUST, 2023, 20:54

Lionel Messi MLSda ajoyib debyut qildi. Zaxiradan maydonga tushgan argentinalik hujumchi "Nyu-York Red Bullz" darvozasiga gol urdi va "Inter Mayami" 2:0 hisobidagi g'alabani nishonladi.

Biroq Messining Amerika ligasidagi debyuti soyada qolishi mumkin. Goal portali xabariga ko'ra, 36 yoshli futbolchi o'yindan keyin jurnalistlar bilan gaplashmagani uchun jazolanishi mumkin. Bu MLS qoidalarida talab qilingan.

Shu bilan birga, Messi borasida hali qaror qabul qilinmagani qayd etilgan. Balki argentinalik futbolchining alohida maqomini inobatga olgan holda liga reglamentning nisbatan kichik buzilishiga ko'z yumar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR