logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:01
KirishA'zo bo'lish
Yo'g'e?! MYU murabbiy sotib olmoqchi

18 DEKABR, 21:09 274

"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Argentinalik - yozda mankunianlar ustozi bo'lish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Ayni damda klub jamoani vaqtincha boshqarib turadigan mutaxassis izlamoqda.

Malumotlarga ko'ra, Pochettino va "shporlar" o'rtasida tuzilgan bitimda tovon puli ko'rsatilmagan. "Tottenxem" "Real" va "Manchester Yunayted"ga murabbiy borasida muzokara o'tkazmasligini bir necha marotaba malum qilgan.

MYU argentinalik mutaxassisni olib kelish uchun "shporlar" hisobiga Pochettinoning 4 yillik maoshini - 34 mln. evro o'tkazib berishi kerak bo'ladi. "Tottenxem" ustozi yozda klub bilan yangi bitim tuzgan edi. Murabbiyning 5 yillik shartnomasidagi mavsumiy maoshi 8.5 mln. evro.

Pochettinoning o'zi "Tottenxem" yozda futbolchi sotib olmaganidan xafa. SHu sababli u jamoani tark etishi mumkin.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21