logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:48
KirishA'zo bo'lish
Pochettinoni taklif etish «MYu»ga qimmatga tushadi

18 DEKABR, 19:12 170

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.

Argentinalik mutaxassis – mankunianliklar bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

The Times xabariga ko'ra, Pochettinoning shartnomasida uning tovon puli miqdori keltirilmagan. «Tottenhem» bir necha marta bayonot berib, ushbu mutaxassisga qiziqish bildirayotgan «Real» bilan ham, «Manchester Yunayted» bilan ham muzokara o'tkazmasligini malum qilgandi.

Shu tufayli, «MYu» mutaxassis uchun London klubiga shartnoma bo'yicha 4 yillik maoshini – 34 million funtni to'lab berishiga to'g'ri keladi. Pochettino shu yil yozida yangi 5 yillik shartnoma imzolagan, unga ko'ra yillik maoshi miqdori 8,5 million funtga etgandi.

Oxirgi vaqtlarda Pochettino «Tottenhem» rahbariyatidan faqat yosh futbolchilarga ishonch bildirib, tarkibni kuchaytirish uchun mablag' ajratmayotganidan noroziligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bugun «MYu» Joze Mourinoni istefoga chiqardi, uning o'rniga mavsum oxiriga qadar jamoaning sobiq futbolchisi, Mourinoning murabbiylar shtabida ishlagan Maykl Kerrik murabbiy etib tayinlanadigan bo'ldi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23