logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:20
KirishA'zo bo'lish
"Bunyodkor" futbol klubiga yangi direktor tayinlandi

26 YANVAR, 11:40 34

.

"Bunyodkor" jamoasi sobiq direktori Ulug'bek Mirzaev ushbu lavozimda qayta ish boshladi.

"Bunyodkor" futbol klubida uzoq yillar turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2019 yil 8 yanvar kuni jamoaga direktor etib tayinlangan Ulug'bek Mirzaev qisqa tanaffusdan keyin rahbarlik lavozimida ish boshladi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" futbol klubi Ulug'bek Mirzaev rahbarligidagi ilk mavsumdayoq Superligada 3-o'rinni egallab, bronza medallarga ega chiqib, bir necha yillik tanaffusdan so'ng sovrindorlar qatoridan joy olgan va Osiyo Chempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etgan edi.

Shuningdek, klub Ulug'bek Mirzaev direktorligi davrida marketing yo'nalishida olib borilgan samarali ishlar sababli jamoa reklama-hamkorlik shartnomalaridan ma'lum summada mablag' ishlab topishga muyassar bo'ldi.

Qolaversa, ajratilgan mablag'lar to'g'ri va maqsadli idora etilishi natijasida bir necha yillar davomida yig'ilib qolgan qarzlarning ko'p qismi to'lab berildi. Eng asosiysi, jamoa 2020 yilgi mavsumga futbolchi, murabbiy va xodimlardan qarz bo'lmay kirib keldi.

Qisqa muddatli tanaffusdan keyin direktorlik lavozimiga tiklangan Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovichning "Bunyodkor"ga qaytishi samarali bo'lishini tilagan holda rahbarlik faoliyatiga omad tilab qolamiz!" deya klubning rasmiy matbuot hizmati ushbu xabarni e'lon qilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 13