logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:58
KirishA'zo bo'lish
Beyl sakkiz yil deganda ilk bor ushbu natijani qayd etdi

26 YANVAR, 11:30 124

.

Londonning «Tottenhem» klubi Angliya klubogi 1/16 final bahsi doirasida «Uikomb»ni yirik hisobda taslim etganidan xabaringiz bor (4:1).

Uchrashuvda «shporlar» a'zosi Garet Beyl maydonni golsiz tark etmadi. U birinchi bo'limda hisobni tenglashtiruvchi aniq zarba muallifiga aylandi.

Qayd etish kerak, uelslik forvard ushbu turnir doirasida 8 yil deganda ilk bor o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. U oxirgi marta 2013 yilda «Koventri» darvozasiga to'p kiritgan edi.

Ma'lumot uchun, Beyl joriy mavsum «Tottenhem» safida 13 ta o'yinda maydonga tushib 4 marta raqiblari darvozasini aniq ishg'ol etgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 20