logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:06
KirishA'zo bo'lish
Jekoga yana bir APL klubidan taklif bor

26 YANVAR, 10:30 48

.

«Roma» hujumchisi Edin Jeko yanvardayoq klubdan ketishni rejalashtirgan.

Hozircha 35 yoshli futbolchi xizmatlariga APL klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Britaniya matbuotining xabariga ko'ra, Edin uchun kurashga endi Liverpulning «Everton» jamoasi ham qo'shildi. «Irischilar» bosniyalikni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

Jekoning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi. Biroq futbolchining bosh murabbiy Fonseka bilan o'zaro ziddiyati tufayli jamoa bilan kelishuvni muddatidan oldin buzishga yaqin turibdi.

Eslatib o'tamiz, Jekoga shuningdek, Londonning «Vest Xem» klubi ham jiddiy taklif bilan chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22