logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:59
KirishA'zo bo'lish
Marat Miftaxuddinov: «O'yinga reja asosida tayyorgarlik ko'rdik»

25 YANVAR, 22:10 5

.

Farg'onada davom etayotgan «Hokim Kubogi»da 2-tur o'yinlari start oldi. Jamoamiz 2-turni ertaga «Turon-2»ga qarshi o'tkazadi. Ertangi bahs oldidan jamoamiz murabbiyi Marat Miftaxuddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- «Turon-2»ga qarshi o'yinga reja asosida tayyorgarlik ko'rdik, hammasi joyida. O'ylaymanki, ruhiy tomondan ham muammolar bo'lmaydi. Birinchi bahsdan keyin yigitlar to'g'ri xulosa chiqargan va ertaga 1-turdagi xatolarni takrorlamaymiz. Tarkibda muammolarimiz yo'q, hamma uchrashuvga tayyor! Biz musobaqada natija qayd etishdan tashqari, mavsumga tayyorgarlikni ham davom ettiryapmiz. Xususan, bugun ikki mahal mashg'ulot o'tkazdik. To'g'ri, har qanday murabbiy o'zi qatnashayotgan turnirda g'olib bo'lishni istaydi, biroq hali mavsum boshlanmagan ekan, unga tayyorgarlikni ham unutmaslik shart! Shuning uchun biz ikkala yo'ldan ham ketyapmiz.

Meni qiziqtirayotgani bizga qarshi «Turon»ning qaysi tarkibi o'ynaydi? Aralashmi yoki nomi bilan «Turon-2»mi? Aslida raqibimiz safida tajribali futbolchilar harakat qilishi bizga ma'qul. Zero, yigitlar tajribali raqibga qarshi o'z-o'zidan jiddiy kayfiyatda maydonga chiqadi. Tabiiyki, raqib ham «Bunyodkor»dek jamoa bilan bo'ladigan bellashuvda borini berib to'p suradi. U xoh asosiy tarkib bo'lsin, xoh aralash, buning ahamiyati yo'q. Natijada muxlislar chiroyli futbol guvohiga aylanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 15