logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:11
KirishA'zo bo'lish
Granovskaya va Lempardlarning munosabatlari bir yil avval buzilgandi

25 YANVAR, 22:05 57

.

Angliya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Marina Granovskayani anchadan beri Frenk Lempard bilan munosabati yaxshi bo'lmay kelgan. Tomonlar anchadan beri bir-biri bilan ziddiyatda bo'lib kelgan, ammo odob-ahloq chegarasidan chetga chiqishmagan.

Granovskayaning Lempardga nisbatan bir nechta asosiy shikoyatlari bo'lgan. Birinchisi – darvozabon Arrisabalagaga bo'lgan munosabat. Lempard allaqachon yangi murabbiy sotib olish kerakligin aytgan, biroq, Granovskaya ispaniyalik darvozabon boshqa murabbiy bilan yuqori darajada ishlay oladi degan taxminga borgan.

Shuningdek, Granovskaya himoyachi Ryudigerdan qutulish borasidagi qarordan hayratda qolgan. «Chelsi» rahbariyati Ryudigerni top-klubda o'ynab keta olishiga ishongan, lekin Frenk unga ishonch bildirmagan.

Lempardning transfer borasidagi talablaridan so'ng, tomonlar so'nggi kelishmovchiliklarga duch kelishgan. Frenk Deklan Rays («Vest Xema») va Jeyms Tarkovski («Bernli»)larni sotib olishni talab qilgan. Lekin Granovskaya Rays 70 million funtli futbolchi emasligini, Tarkovski esa «Chelsi» saviyasidagi futbolchi emas degan qarorga kelgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23