logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:32
KirishA'zo bo'lish
«Napoli» Gattuzoni iste'foga chiqaradimi?

25 YANVAR, 21:55 26

.

"Napoli" klubi Italiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Verona"ga qarshi o'yinda kutilmaganda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Shu bois, matbuotda rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzodan norozi bo'layotgani haqida xabarlar paydo bo'la boshladi.

Ammo italiyalik mutaxassisni bu narsa xavotirga solmayapti. "Sky Sport Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, klub Gattuzoga ishonch bildirishda davom etadi va uni iste'foga chiqarmaydi.

Gattuzo bilan shartnoma uzaytirish borasida ishlar esa vaqtinchalik to'xtatildi. Eslatib o'tamiz, Jennaro o'tgan mavsumda "Napoli" bilan Italiya kubogini qo'lga kiritgan edi. Neapolliklar 28 yanvar kuni Italiya kubogi chorak final bosqichi doirasida "Spetsiya"ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21