logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:25
KirishA'zo bo'lish
Fernandesh: "Agar men uning holatida bo'lganimda baxtli bo'lmas edim"

25 YANVAR, 21:20 66

.

"MYu" yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh "Liverpul" bilan Angliya Kubogi uchrashuvidan(3:2) so'ng fikr bildirdi.

"Donni yaxshi o'yin namoyish etdi. U men bilan bir xil pozitsiyada o'ynadi va juda yaxshi harakat qildi. Bu biz uchun muhim edi. Agar, men Donnining o'rnida bo'lganimda, umuman xursand bo'lmasdim. Ammo, eng muhimi, u maydonga tushib, jamoaga yordam berdi.

"MYu" haqiqatdan ham yaxshi tarkibga ega, bizda turli xil variantlar mavjud. Agar, tarkibimizdagi futbolchilarga nazar tashlasangiz, bizda chindan ham kuchli tarkib borligini ko'rishingiz mumkin" - deydi Fernandesh.

Eslatib o'tamiz, Portugaliyalik 66-daqiqada gollandiyalik futbolchini almashtirdi va 78-daqiqada jarima zarbasidan g'alaba golini kiritdi.

Ma'lumot uchun, Van de Bek Premer-liganing 10 ta o'yinida qatnashib 1 golga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18