logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:13
KirishA'zo bo'lish
UFC-257. Mahmud Murodov UFC’dagi 3-jangida qancha mablag' ishlab topgani ma'lum bo'ldi

25 YANVAR, 20:40 93

.

The Sport Daily nashri UFC 257 musobaqasi ishtirokchilari qancha mablag' ishlab topganini ma'lum qildi.

Eng ko'p miqdordagi daromad Konor Makgregorga tegishli bo'ldi. Irlandiyalik sportchi 5 million dollar kafolatlangan gonorar va xarajatlar uchun 20 ming dollarga ega bo'ldi. Shuningdek, Konor taxminan 25 mln dollar bonus pullariga ega bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Musobaqaning asosiy kardida jang qilgan Mahmud Murodov esa jami 93,5 ming dollar miqdorida pul ishlab olgan. Murodovning gonorari 20 mingni tashkil qilgan, g'alaba uchun yana 20 ming qo'lga kiritgan. Uchinchi raundda nokaut qayd etgan Mahmud kechaning yorqin chiqishi uchun 50 ming dollar bonusga ega bo'ldi. Shuningdek, jangga yaqin kunlardagi xarajatlar uchun 3,5 ming taqdim etilgan.

Nashrda ta'kidlanishicha, bu ma'lumotlar rasmiy emas, biroq haqiqatga ancha yaqin.

Quyida asosiy kard ishtirokchilari va boshqa ayrim yakkakurashchilar daromadi bilan tanishing:

Konor Makgregor — 5, 02 million dollar (5 mln gonorar, 20 ming xarajatlar), (taxminan 25 mln dollar bonus);

Dastin Pore — 1, 07 mln (1 mln gonorar, 50 ming «Kecha chiqishi» uchun bonus, 20 ming xarajatlar);

Maykl Chendler — 253,5 ming dollar (100 ming gonorar, 100 ming g'alaba uchun, 50 ming «Kecha chiqishi» uchun bonus, 3,5 ming xarajatlar);

Bred Tavares — ​​187 ming (86 ming gonorar, 86 ming g'alaba uchun, 15 ming xarajatlar);

Den Huker — 125 ming (110 ming gonorar, 15 ming xarajatlar)

Joan Koldervud — 120 ming (55 ming gonorar, 55 ming g'alaba uchun, 10 ming xarajatlar);

Marina Rodriges — 95 ming (20 ming gonorar, 20 ming g'alaba uchun, 50 ming «Kecha chiqishi» uchun bonus, 5 ming xarajatlar).

Mahmud Murodov — 93,5 ming (20 ming gonorar, 20 ming g'alaba uchun, 50 ming «Kecha chiqishi» uchun bonus, 3,5 ming xarajatlar);

Jessika Ay — 61 ming (51 ming gonorar, 10 ming xarajatlar);

Amanda Ribas — 35 ming (30 ming gonorar, 3,5 xarajatlar);

Jalgas Jumagulov — 13,5 ming (10 ming gonorar, 3,5 ming xarajatlar).

Qayd etish kerak, yakkakurashchilar mazkur daromadining 30 foizga yaqini soliqlarga sarf bo'ladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20