logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:06
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
«Aldamchi to‘qqizlik» rolidagi Azar eng zo‘rimi

 18 DEKABR, 16:44 310

«Chelsi» yulduzi Premer Liganing so‘nggi turida bir gol va golli uzatmasi bilan «Brayton» ustidan qozonilgan g‘alabada jamoasining muhim o‘yinchisi ekanligini yana bir marta isbotladi.U yangi bosh murabbiyning taktik chizgilarida muhim figuraga aylandi.

Gollar, golli uzatmalar va o‘yin uslubi hamma erda futbol muxlislariga yoqadigan asosiy faktorlar hisoblanadi.
Eden Azar kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘zining «Chelsi» safidagi eng yorqin o‘yinlaridan birini o‘tkazdi.

Belgiyalik futbolchini avvallari sekin harakatlanishda ayblashardi. Shu sababli ham u futbol dunyosida o‘n yillardan beri hukmronlik qilib kelayotgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga raqobatchilik qila olmadi.

U 2018/19-yilgi mavsumda ham yuqorida tilga olingan ikki superyulduz kabi to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olmayapti. Ammo u boshqa jabhada o‘zini ko‘rsatmoqda.
«Brayton»ga qarshi btahsda Pedroga uzatgan pasi to‘qqizinchisi bo‘ldi va bu bilan u Evropaning eng yaxshi assistentiga qisqa muddatga bo‘lsada aylanib oldi. Bir necha soat o‘tib «Levante»ni «yanchib tashlagan» Messi etakchilikni yana qaytarib oldi. Argentinalik dahoning hisobida 10 ta golli uzatma bor.

Azar qarshi hujumda Villian va Mateo Kovachichning yordami bilan raqib himoyasini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yindan umumiy xulosa shuki, Azar londonliklarning nafaqat eng yaxshi vingeri, balki eng yaxshi «to‘qqizligi» ham hisoblanadi.

U so‘nggi vaqtlarda namoyish qilayotgan o‘yinlari bilan Premer Liganing eng yaxshi futbolchisiga aylanib bormoqda.

U «Chelsi» uchun borgan sari muhim futbolchiga aylanib bormoqda. U bu mavsumda Premer Ligada gol+pas tizimida eng zo‘riga aylandi (16 o‘yinda 17 ochko). U o‘tgan mavsumdagi (34 o‘yinda 16 ochko) ko‘rsatkichini hozirning o‘zidayoq yangilab bo‘ldi.

Maurisio Sarri Azar bundan keyin «aldamchi to‘qqizlik» vazifasini bajarishda davom etishini ta’kidladi. «O‘ylashimcha, u bu pozitsiyada biz uchun juda muhim futbolchi bo‘ladi. U jamoadoshlari bilan yaxshi hamkorlik qila oladi, bo‘sh hududlar yaratishga usta. Hozir u bu pozitsiyada hujumdagi o‘yinini ham kuchaytirib oladi» – deb o‘ylayman dedi italiyalik mutaxassis o‘yindan keyin bergan intervyusida.

Bu Sarrining «ko‘klar»ni markaziy hujumchisiz o‘ynashga qodir jamoaga aylantirishida muhim taktik o‘zgarishi bo‘ldi. “Napoli”dagi faoliyatining oxirlarida Sarri Dris Mertensdan hujumdagi asosiy qurol sifatida foydalangandi.

Belgiyalik futbolchi bu vazifada yuqori sport formasini namoyish qildi va A Seriyada 91 ochko jamg‘arishga erishdi.
Endi esa bu nuqtada Eden Azar porlashga yaqin turibdi. 27 yoshli futbolchining hozirgi sport formasi ajoyib ekanligiga doir muhim fakt shuki, u chempionatning qator uchrashuvida ketma-ket to‘rt uzatmani amalga oshirdi. Bu kamdan kam hollarda sodir bo‘ladigan voqea.

Undan avval «Chelsi»da 2014-yilda Sesk Fabregas bunday ko‘rsatkichga erisha olgan edi.
U «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan oldin 12 o‘yinda gol ura olmay kelayotgandi. So‘nggi vaqtlarda belgiyalik iqtidor egasi gol urishning o‘rniga pas uzatishni mashq qilib kelayotgandi.

«Manchester Siti»ga qarshi bahsda u jamoasining g‘alabasini ta’minlash uchun o‘zini qurbon qildi.
«Brayton»ga qarshi o‘yinda u yana oldingi roli – superyulduz maqomiga qaytdi. «Manchester Siti» «Chelsi»dan ko‘ra ancha kuchliroq tarkibga ega bo‘lishi mumkin, «Liverpul»da bir talay kuchli hujum chizig‘i vakillari bo‘lishi mumkin. Ammo Azar kabi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladiganlari kam topiladi.

Ayniqsa uning yangi murabbiy qo‘li ostida yangidan-yangi vazifalarni bajarishi va murabbiy talablarini bekamu-ko‘st bajarishi ahamiyatga molik.
Azar ham individual, ham jamoaviy jabhalarini kuchaytirib borayotgani tahsinga sazovor. Premer Liganing nechta futbolchisi Azar bajarayotgan ishlarni qilmoqda?

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR