logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:34
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

APL klublari yozgi transfer oynasining shu kunigacha rekord darajada mablag' sarfladi

 25 AVGUST, 2023, 22:55

Premer-liga klublari yozgi muddat tugashiga bir hafta qolganida transfer xarajatlari bo'yicha rekord o'rnatdi.

Deloitte portali hisob-kitoblariga ko'ra, Premer-liga klublari 25 avgust kungi holatiga ko'ra 1,95 milliard funt sterling sarflashgan. Bu o'tgan yozdagidan ko'p, o'shanda ingliz klublari rekord darajadagi 1,92 milliard funt to'lagan.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 25 avgustiga qadar Premer-liga jamoalari bugungidan 500 million funt kam sarflagan.

Shu bilan birga, sof xarajatlar kamaydi, klublar o'tgan yilgi 1,1 milliard funt sterlingdan bu yilgi daromadidan 825 million funt sterlingga ko'p pul sarfladi.

Joriy yozdagi eng yirik transferlar orasida Moyses Kaysedo “Brayton”dan “Chelsi”ga (100+15 million funt) va Deklan Rays “Vest Xem”dan “Arsenal”ga (100+5 million funt) kirdi.

"Chelsi" klublar orasida eng ko'p pul sarflagan, ya'ni 340 million funt atrofida mablag' sarfladi. Bu hozirda yozgi transfer oynasi bo'yicha jahon rekordi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR