logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ten Xag Xoylunning debyut sanasi haqidagi savolga javob berdi

 25 AVGUST, 2023, 20:55

Hujumchi Rasmus Xoylun jarohat bilan “Manchester Yunayted”ga o'tdi. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag daniyalik futbolchi qachon "qizil iblislar" safida debyut qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Bugun u birinchi marta jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi. Biz uni keyingi haftada to'liq mashg'ulotlarga ega bo'lishini kutamiz. Demak, u jamoaga qo'shilishga yaqin turibdi”, dedi Ten Xag jurnalistlarga.

Xalqaro tanaffus oldidan “Manchester Yunayted” APL doirasida “Nottingem Forest” (26 avgust) va “Arsenal” (3 sentyabr)ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR