logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:40
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

13 yil kutilgan oltin medal yoxud Artur Guliev jahon chempioni!

 25 AVGUST, 2023, 20:44

Ajoyib xushxabar! Germaniyada o'tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Artur Guliev oltin medalni qo'lga kiritdi.

Kanoechimiz 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi natijani qayd etib chempionlikka erishmoqda. Bu mazkur sportda jahon chempionatlarida 13 yil kutilgan oltin medal. So'nggi bor Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.

S1 200 m:
Artur Guliev (O'zbekiston)  – 38.729
Xoan Moreno (Ispaniya)  – 38.769
Oleksii Koliadix (Polsha)  – 39.046

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR