logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Ayaks" futbolchisi APL klubiga o'tmoqda

 25 AVGUST, 2023, 18:55

Muhammad Kudus "Ayaks"dan "Vest Xem"ga o'tadi.

Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, shanba kuni 23 yoshli futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, transfer hujjatlari yaqin ikki kun ichida imzolanishi kerak. "Ayaks" va "Vest Xem" hamma narsada kelishib oldi, kelishuvning umumiy summasi 45 million evroni tashkil qiladi. Kudus London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Angliya Premer-ligasining navbatdagi uchrashuvini "Vest Xem" 26 avgust, shanba kuni raqib maydonida "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR