logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Feliks "Barselona"ga o'ta olmasa, "Al-Hilol"ga keladi

 25 AVGUST, 2023, 15:33

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks hamon transfer oynasi tugaguniga qadar “Barselona”ga o'tishga umid qilmoqda. Biroq o'tish amalga oshmasa, portugaliyalik Saudiya Arabistonining "Al-Hilol"i safiga borib qo'shilishga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar bermoqda.

Hozirda muammo shundaki, “Barselona” Feliksning sotib olish imkoniyati bilan ijarasini yakunlashga ulgurmasligi mumkin. Jamoaga portugaliyalikning taklifi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzadimi yoki yo'qligini tekshirish uchun vaqt kerak. Saudiya Arabistonida transfer oynasi kechroq yopiladi, shuning uchun Joauning "Al-Hilol"ga o'tishi ehtimoli bor.

Eslatib o'tamiz, Feliks shu yozda faqat "Barselona"ga o'tishni xohlayotganini aytgan edi. Joau o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Chelsi"da ijara asosida o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR