logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:18
KirishA'zo bo'lish
«U bizni laqillatdi». «PSJ» Raboni nomalum muddatga chetlashtirdi

18 DEKABR, 12:59 230

«PSJ» sport direktori Antero Enrike jamoa yarimhimoyachisi Andrien Rabo bilan bog'liq vaziyatga tushuntirish berdi. Bu haqda Yahoo Sports`ga asoslangan holda «Sport-Ekspress» xabar bermoqda.
Matbuotda 23 yoshli xavbekning parijliklar taklifiga ko'nmayotgani haqida uzoq vaqtdan buyon xabar berib kelinayotgan edi. U «Barselona»ga o'tishga ahd qilgani aytilmoqda.
«Rabo yangi bitim tuzishni istamayotgani va mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoadan ketish xohishi borligini aytdi. U bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi emasman», – dedi Enrike.
«Rabo nomalum vaqt oralig'ida o'yinlarda qatnashmaydi. U va uning vakillari bir necha oy davomida klubni, muxlislarni aldab kelishdi, bizga hurmatsizlik qilishdi. Ayniqsa, Adrien yoshlar akademiyasidan boshlab safimizda o'ynab kelganini, klubdan har tomonlama qo'llab-quvvatlash ko'rganini hisobga olish kerak», - dedi «PSJ» sport direktori.
«Biz uning barcha shartlariga ko'nishga tayyor edik, lekin endi muzokaralar to'xtatildi», - deya qo'shimcha qilgan Antero Enrike.
Endilikda Rabo shartnoma muddati tugashiga yarim yil qolgani munosabati bilan yanvardan boshlab klublar bilan mustaqil ravishda muzokalar o'tkazish huquqiga ega bo'ladi.
23 yoshli markaziy yarimhimoyachi ushbu mavsum franTsuz grandining 14 o'yinida maydonga tushib, 2+1 mahsuldorlik natijasini qayd etgan. U «PSJ» asosiy jamoasiga 2012 yilda Karlo Anchelotti tomonidan jalb etilgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34