logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:56
KirishA'zo bo'lish
Solari: "Ronalduning so'zlari? "Real" doimo buyuk va kamtar bo'lgan"

11 DEKABR, 16:55 146

"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "qaymoqranglilar" sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq, Ronaldu "Yuventus" va "Real" o'rtasida farq borligini aytgan edi.

"Har bir o'yinda bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz, ammo uchrashuvlar juda ko'p. Har bir futbolchinin energiyasini bir xil saqlab bo'lmaydi, ammo buning uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz.

Ronalduning so'zlariga to'xtaladigan bo'lsak, kamtarlik buyuklarga yarashadi va "Real" doimo shunday bo'lib kelgan. Aynan shu sababli jamoa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Ronaldu - "Real"ning tirik afsonasi" - deydi Solari.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21