logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:36
KirishA'zo bo'lish
Simeone: «Shu klubni albatta boshqaraman, deb ming marta aytganman»

18 DEKABR, 11:29 280

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Italiya chempionatiga qaytishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

«Bu haqda aniq qilib aytganman, deb o'ylardim. «Inter»ga qaytishim haqida ikki ming marotaba gapirgan bo'lsam kerak. Bu haqda yana so'z qotishga hojat yo'q. Shunday bo'lishi shubhasiz.

Kunlab o'tib bormoqda, men esa «Atletiko»da xotirjam ishlashda davom etyapman. Shartnomam hali bir yil amalda bo'ladi. Vazifamizni juda yaxshi uddalayapmiz», - degan Simeone.

Malumot uchun, 48 yoshli argentinalik mutaxassis 1997-1999 yillarda «Inter» safida to'p surgan va jamoa bilan UEFA Kubogida g'olib chiqqan. Shundan so'ng 2003 yilgacha «LaTsio», keyin ikki yil «Atletiko» sharafini himoya qilgan. Simeone 2011 yildan buyon shu klubga ustozlik qilib kelmoqda.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27