logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:50
KirishA'zo bo'lish
Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisidan Ronaldu yoki Messi bilan jamoadosh bo'lish haqida so'rashd

18 DEKABR, 11:28 287

.

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Yuventus» va «Barselona» klublari unga befarq qaramayotganiga munosabat bildirdi.

«Italiya – yuqori darajadagi chempionatga ega mamlakat. Lekin men hozir «Ayaks» safida Niderlandiya chempionligi uchun kurashyapman. Biz Chempionlar ligasida ham qatnashyapmiz.

Ronaldu bilan «Yuventus»da yoki Messi bilan «Barselona»da to'p surishdan qay birini tanlayman? Men «Ayaks»da Hakim Ziyosh bilan o'ynashni afzal bilaman», - degan de Ligtning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Janluka di MarTsio.

Eslatib o'tamiz, amsterdamliklarning 19 yoshli sardori kecha «Golden Boy» mukofoti sohibi bo'ldi. U ushbu mavsum Erediviziyaning 15 o'yinida maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan.

.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22