logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:50
KirishA'zo bo'lish
Ronalduning agenti unda «Yuventus»ga o'tish istagi qachon uyg'onganiga aniqlik kiritdi

18 DEKABR, 11:27 177

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti mijozining «Real»dan Turin klubiga o'tishi jarayoni haqidagi bazi malumotlarni ochiqladi.

«Krishtianu «Yuventus»ga o'tishni istayotgani haqida menga yanvar oyidayoq aytgan edi. O'shanda men bu transfer amalga oshmasa kerak, degan fikrda edim. Lekin noto'g'ri o'ylagan ekanman.

Aprel oyida Turinda bo'lib o'tgan «Yuve»-«Real» o'yinidan oldin Paratichi va Nedved («Yuventus»ning sport direktori va viTse-prezidenti – Tribuna) bilan uchrashganman. Shundan so'ng Anelli («Yuventus» prezidenti) bilan ko'rishdik. Ana shundan keyingina menda transferning imkoni borligiga ishonch uyg'ondi. Yakunda esa muzokaralarga 2-3 oy vaqt ketdi», - degan Mendeshning so'zlarini chop etdi Tuttosport.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik hujumchining transfer qiymati 112 million evroni tashkil etgan edi. U A Seriyada ortda qolgan 16ta turning barchasida qatnashib, 11ta gol va 5ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 29