logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:41
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
Krishtianu Ronaldudan ekskluziv intervyu

 18 DEKABR, 09:46 315

.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hozirgi jamoasi va sobiq klubi «Real»dagi muhit nimasi bilan farqlanishi haqida La Gazzetta Dello Sport nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

Jamoadoshlari haQida

- Aytishim mumkinki, men hech qachon bu yerdagidek ahil jamoadoshlar davrasida bo‘lmaganman. Turinda biz bir jamoamiz. Boshqa klublarda ba’zi o‘yinchilar o‘zlarini boshqalardan yuqoriroq his qilishadi. Bu yerda esa hamma bir chiziqda joylashgan: bizda barchasi oddiygina. Dibala yoki Manjukich gol urolmasalar ham, baribir, xursand bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolishadi. Menimcha, bu - juda ajoyib. Shu tomondan farqni ko‘r-yapman.

«Real» haqida

- Real»da ham kamtar futbolchilar jamlanishgan, ammo... bu jihatni «Yuventus»da ko‘proq his etyapman. Klubdagi hamma narsa «Real»dagidan farq qiladi. Bir oiladek bo‘lish hissi bu yerda kuchliroq. Tarix ortda qoldi. Endi men «Yuventus» bilan g‘alabalarga erishishni, shu klub sharafini himoya qilishni istayapman. Qolgani muhim emas. Agar «Real» bilan to‘qnash kelsak ham, bor kuchim bilan harakat qilaman.

Jamoaga kimlar kerak emas?

- Asensio, Xames va Beyl haqida yozishyapti. Ammo to‘g‘risini aytsam, «Yuventus»ga bu futbolchilar kerak emas. Marselo — juda kuchli futbolchi, biz bunday o‘yinchilarga muhtojmiz. U - bizga kerak futbolchi. Aslini olganda, men «Yuve»ning transfer rejalaridan voqif emasman. Bu haqda prezident bilan gaplashib olganingiz ma’qul.

Messi haqida

- Messini sog‘indimmi? Angliya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va terma jamoada o‘ynab chiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men Messiga ko‘proq kerakdirman?! Men uchun hayot - sinov demakdir. Bu sinovlar olami menga yoqadi, odamlarni baxtli qilishni yoqtiraman. Messi ham bir kun kelib Italiyaga kelishini, xuddi men kabi o‘zini sinov va qiyinchilikka urishini istayman. Agar u o‘zini klubida baxtli his etayotgan bo‘lsa, bu tanlovini hurmat qilaman. U - fantastik futbolchi va ajoyib yigit. Lekin menda baribir, sog‘inch hissi sezilmayapti. Bu - mening yangi hayotim va unda baxtliman.

«Oltin to‘p» haqida

- O‘zi «Oltin to‘p»ni har yili men olishim kerak, deb hisoblayman. Shuning uchun mehnat qilaman. Ammo bu sovrin nasib etmasa, bu hayot oxirlab qoldi, degani emas. Raqamlar aldamaydi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu sovrinni qo‘lga kirita olmaganim bois baxtim kamayib qoldi, deya olmayman. Jahonning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayapman. Nahotki, meni uyiga borib, yig‘lay boshlaydi, deb o‘ylagan bo‘lsangiz? Modrichni tabriklayman, u bunga loyiq edi. Lekin kelasi yili biz yana uchrashamiz va men yana eng yaxshi bo‘lish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Otasining o‘limi haqida

- Bu hayotimdagi eng yomon voqea. Ishonchim komilki, u meni kuzatmoqda, erishayotgan natijalarimni ko‘rib, ruhi shod bo‘lmoqda. O‘sha yil men uchun eng og‘iri bo‘lgandi.

O‘g‘li haqida

- O‘g‘lim otasining yulduz ekanligini tushunib yetadimi? Ha, u ham «Yuventus» uchun o‘ynaydi, bosimni his qiladi va uni bu yerda yoqtirishadi. Ba’zida ikki italiyalikni uyga olib kelishga ruxsat so‘raydi. Keyin esa menga: «Faqat siz ham uyda bo‘lishingiz kerak, ular siz bilan rasmga tushishni istaydi», deydi.

Jorjina bilan to‘yi haqida

- Nikoh marosimi? Biroz erta. Bu haqidagi gap-so‘zlar qayerdan kelib chiqqanini tushuntiraman. Men har hafta cherkovga boraman, chunki Turinda bunday ibodatxonalar ko‘p. OAV esa shu zahotiyoq turmush qurmoqchi ekanligim haqida xabar tarqatdi. Kelajagimning qanday bo‘lishini bilmayman, ammo hozirda bunday rejalar yo‘q.

Turin haqida

- So‘zsiz, Turin Madriddan yaxshiroq. Aholi kam, ammo ajoyib. Menga shahar, odamlar va jamoa yoqdi. Takliflar ko‘p edi, lekin men aynan «Yuventus»ni tanladim, chunki bu buyuk tarixga ega ajoyib klub. «Yuve» boshqa klublardan ko‘p jihatlari bo‘yicha, xususan, men bilan munosabati borasida ham yaxshiroq. Hammasi a’lo darajada. To‘g‘ri qaror qabul qilganimga mutlaqo aminman. Italiyada matbuotchilar meni hurmat qilishadi, bu yerda hayot Ispaniyaga qaraganda ancha tinch. Qolaversa, bu chempionatlarning darajasi ham bir xil.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31