logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:16
KirishA'zo bo'lish
«MYu» Marsiyal bilan shartnomani uzaytirdi, yangi kelishuv taklifi Antoniga yoqmadi

18 DEKABR, 09:40 171

«Manchester Yunayted» hujumchi Antoni Marsiyal bilan bitimda belgilangan muddatni bir yilga uzaytirish shartini amalda qo'llashga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Joriy shartnoma 2019 yil yozida nihoyasiga etadi. Klub shartnomadagi maxsus bandni ishga solib, muddatni yana bir yilga uzaytirgan.

Ayni paytda tomonlar yangi shartnoma ustida ish olib borishmoqda. Marsiyalning agenti Filipp Lambolining so'zlariga ko'ra, «MYu» taklif etgan yangi kelishuv loyihasi ularni mutlaqo qoniqtirmaydi.

«Uzoq muddatli shartnoma tuzilishiga ancha pessimistik yondashaman. Klub bizga shartnomani taqdim etdi, lekin u biz istaganimizdan anchagina farq qiladi.

Yaqin orada kelishuvga erishmasak kerak», – deb aytib o'tgan Marsiyalning so'zlarini keltirdi RMC.

Boshqa bir nashr Goal`ning yozishicha, «MYu» vakillari, aksincha, Marsiyal bilan yangi mehnat shartnomasi imzolay olishlariga komil ishonch bilan qarashmoqda.

23 yoshli hujumchi APLning ushbu mavsumida 13ta o'yin o'tkazib, 7ta gol muallifi bo'ldi. U 2015 yildan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qiladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19