logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:18
KirishA'zo bo'lish
«Yuventus» direktori Rayola bilan, Dibala Pogba bilan uchrashdi

18 DEKABR, 09:05 180

17 dekabr kuni «Yuventus» mutasaddilari agent Mino Rayola bilan uchrashuv o'tkazishdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Malum bo'lishicha, yosh hujumchi Moyze Ken bilan shartnomani uzaytirish masalasi «Yuve» rahbariyati azolarining Rayola bilan muhokamalari markazida bo'lgan. Shuningdek, tomonlar braziliyalik futbolchi Lukas Rozaning birinchi professional bitimi borasida ham gaplashib olishgan.

Manbaning qayd etishicha, Mino Rayola bilan kechgan muzokaralarda «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt mavzusi ham ko'tarilgan bo'lib, bu yo'nalishda «Barselona» favorit ekani takidlangan. Qolaversa, Pol Pogbaning Turinga qaytishi borasida ham fikr almashilgan, ammo «MYu» franTsiyalik xavbekni qishda qo'yib yubormaslik poziTsiyasida qatiy turgani tilga olingan.

Darvoqe, Pogba kuni kecha «keksa sinora» hujumchisi Paulo Dibala bilan uchrashgan. Dibala sobiq jamoadoshi bilan tushgan suratini bugun o'zining tvitter sahifasiga joyladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26