logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:27
KirishA'zo bo'lish
«Latsio»ning duranglar seriyasi tugadi: klub 57-sekunddagi gol tufayli mag'lub bo'ldi

18 DEKABR, 09:03 102

18 dekabrga o'tar kechasi A Seriyada 16-turning so'nggi o'yinlaridan biri bo'lib o'tdi.

Bergamodagi bahsda «Atalanta» «LaTsio»ni yagona gol evaziga mag'lub etib, jadvalda raqibiga etib oldi. O'yin taqdirini hal etgan gol 57-soniyadayoq urilgan edi. Mezbonlarning chap qanotdan hujumi rimlik himoyachilarning xatosi bois gol bilan yakun topdi.

Bundan avvalgi 4ta o'yinda durang qayd etgan «LaTsio» ushbu mag'lubiyati bilan «Milan»dan o'zib ketish imkonini qo'ldan chiqardi. 4-o'rindagi «rossoneri» bugun quyi uchlikdagi «Bolonya» mehmoni bo'ladi va shu bilan 16-turga yakun yasaladi.

Italiya chempionati

16-tur, 17 dekabr

Atalanta – LaTsio 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 1 Sapata.

Atalanta– Berisha, Toloi, Palomino (Gimshiti, 57), Manchini, Xatebur, de Ron, Froyler, Gosens, Gomes (Masello, 85), Ilichich (Pashalich, 68), Sapata.

LaTsio– Strakosha, Uolles (Kaysedo, 78), Acherbi, Radu, Marushich (Lukaku, 64), Parolo, Badel (Luis Alberto, 64), Milinkovich-Savich, Lulich, Korrea, Immobile.

Ogohlantirishlar: Parolo (38), Sapata (50), Uolles (62), Lukaku (87), Gimshiti (88), Acherbi (90).

19 dekabrga o'tar kechasi

00:30. Bolonya – Milan

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24