logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:15
KirishA'zo bo'lish
Messi «Barselona»da yana bir rekord o'rnatdi

18 DEKABR, 09:02 132

Ispaniya chempionatining 16-turida «Barselona» «Levante»ni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.

La Liga rasmiy tvitterida malum qilinishicha, Messi yakshanba kuni Primeradagi 323-g'alabasini qo'lga kiritgan. U chempionatdagi yutuqli o'yinlar soni bo'yicha klub rekordchisi – Xavidan (322) o'zib ketgan.

Eslatib o'tamiz, har ikkala futbolchi ham «Barselona» tarbiyalanuvchilari sanaladi. Xavi 1998-2015 yillarda ko'k-anorrang libosda to'p surgan, ayni paytda esa Qatarning «Al-Sadd» klubida o'ynayapti.

31 yoshli Messi esa La Ligada 2004 yil 16 oktabr kuni debyut qilgan. U – 572ta gol muallifi – «Barsa» tarixidagi eng yaxshi to'purardir. Bu borada eng yaqin taqibchisi – Sesar Rodriges undan ikki barobardan ham kamroq – 232ta golgol urgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22