logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:26
KirishA'zo bo'lish
«Manchester Siti» Isko bilan aloqaga chiqdi

18 DEKABR, 08:30 128

«Manchester Siti» «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qiziqish bildirayotgani haqida navbatdagi xabar tarqaldi.

AS nashrining yozishicha, ingliz klubi vakillari kuni kecha Iskoning agenti bilan aloqaga chiqib, xavbekning xizmatlariga befarq emasligini malum qilishgan.

Bunga qadar Iskoning «Real» bosh murabbiyi Santyago Solari bilan munosabatlari jigallashgan, buning ortidan 26 yoshli ispan qishda klubni tark etishga bel bog'lagani haqida xabar tarqalgan edi.

Hujumkor yarimhimoyachining shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan va unda hamkorlikni bir tomonlama to'xtatish bahosi 700 mln evroga tengligi ko'rsatilgan.
Ammo «Real» uni 100 milliondan oshiqroqqa qo'yib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

22-raqam egasi «Real»ga 2013 yil yozida «Malaga»dan kelib qo'shilgan, transfer qiymati 30 mln evroni tashkil etgan edi. Ushbu mavsum u La Liganing 11 o'yinida qatnashib, bitta gol va ikkita samarali uzatma muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, «Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola qishda yangi futbolchi xarid qilish niyati yo'qligini oxirgi bir oyda ikki marotaba takrorladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28