logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:49
KirishA'zo bo'lish
​Xaver Zanetti: "Inter" ELda asosiy qahramon bo'lishi mumkin, sovrinlar yutadigan vaqt keldi"

17 DEKABR, 23:47 110

"Inter" vice-prezidenti Zanetti Evropa Ligasi uchun o'tkazilgan qura natijalari haqida fikr bildirib o'tdi.

EL. 1/16 finalda "Inter" Avstriyaning "Rapid" klubi bilan bellashadi.

"Hammasi yaxshi o'tdi. Ammo, Evropa Ligasida oson o'yinlar bo'lmasligini bilamiz. Quraning afzalligi shundaki, raqibimizga qarshi payshanba kuni o'tkaziladigan o'yinga borish uchun uzoq parvoz qilmaymiz. ECHLdan chiqib ketganimiz dilimizni xira qildi. Lekin, hozir etiborimizni ELga qaratishimiz kerak. Bu nufuzli musobaqa sanaladi".

"Turnirda kuchli jamoalar ko'p. Ushbu musobaqadagi muvaffaqiyat klubning obro'sini yanada oshirib yuboradi. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, finalga qadar etib borishimizga umid qilaman. Turnir qahramoni bo'lishimiz mumkin, bizga sovrin yutish muhim",– dedi Xaver Zanetti.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 41