logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:25
KirishA'zo bo'lish
"Bavariya" bosh murabbiyi: "Eng qiyin raqib bizga tushdi"

17 DEKABR, 21:26 200

"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach ECHLning 1/8 finali qurasi natijalari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" pley-offning ilk bosqichida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"Barchamiz ushbu quradan quvonsak bo'ladi. Bizga eng qiyin raqib tushdi. "Liverpul" o'tgan mavsumda ECHLning finaligacha borgandi, hozir esa ular APLning etakchisi bo'lib turibdi.

Ular ham ECHLning favoritlaridan biri. Biroq biz "Bavariya"miz! "Liverpul" ham barchasini tushunib turibdi. Imkoniyatlar 50ga 50",- dedi Kovach.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20