logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:14
KirishA'zo bo'lish
Sanchoning transfer qiymati uch oyda 800 foizga ko'tarilib ketgani ma'lum bo'ldi

11 DEKABR, 15:16 233

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Jeydon Sanchoning transfer qiymati 87,9 mln evroga etdi. CIES Football Observatory tahlilchilari shunday xulosaga kelishgan.

Sentabrda hujumchining narxi 9,7 mln evroga baholangan va bu ko'rsatkich uch oy davomida 806 foizga oshib ketgan. Ushbu vaqt oralig'ida jahonning hech qaysi futbolchisi bu qadar katta suratda qimmatlab ketmagan.

Shuningdek, Sanchodan tashqari uning jamoadoshi Marko Roys transfer qiymatining keskin ko'tarilishi bo'yicha ikkinchi o'rinda qayd etilgan. Sentabr oyidan buyon 29 yoshli nemis 4,6 milliondan 23,5 mln evrogacha oshgan.

18 yashar Sancho - «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida Angliya termasi safida o'zini ko'rsatgan va chempionlikka erishgan; Evropa chempionatida esa finalgacha etib borib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

«Borussiya» Jeydonni 2017 yil avgustida taxminan 8 mln funtga sotib olgan. Shu yilning oktabrida u Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Angliya termasida debyut qildi; qisqa vaqt ichida «uch sherlar» tarkibida uchta golni o'z nomiga rasmiylashtirdi.

Jeydon bu mavsum boshidan buyon dortmundliklarning 24 o'yinida qatnashib, 6+7 mahsuldorlik natijasini qayd etishga ulgurdi.

.

Chapda: transfer narxiga eng ko'p qiymat qo'shilgan futbolchilar

O'ngda: narx o'sishining foizdagi darajasi bo'yicha eng katta sakrashga erishgan futbolchilar

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 14