logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Klopp "Liverpul"da zabt etmagan bitta turnir qoladigan bo'ldi

 19 APREL, 2024, 05:24

Evropa Ligasi Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” zabt etmagan yagona turnirdir.

“Qizillar” 2015 yilda klubni qabul qilib olgan germaniyalik mutaxassis qo'l ostida ikki marotaba turnirda ishtirok etishgan.

2015/2016 yilgi mavsumda jamoa musobaqa finaliga chiqdi va "Sevilya"ga yutqazdi - 1:3.

Bugun mersisaydliklar chorak finalda “Atalanta”ga umumiy hisobda yutqazib (1:3) musobaqadan chiqib ketishdi.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etadi.

Klopp "Liverpul" bilan 8 ta sovrin - Premer-liga, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, ikkita Angliya ligasi kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR