logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Milan" so'nggi 3 o'yinning ikkitasida engildi

 19 APREL, 2024, 05:24

“Milan” “Roma”ga imkoniyatni boy berib, Evropa ligasining chorak finalidayoq musobaqadan chiqib ketdi.

Stefano Pioli boshchiligidagi jamoa Evropa Ligasi 1/4 finalining ikkinchi o'yinida “Roma”ga imkoniyatni boy berib (1:2) turnirdagi ishtirokini yakunladi.

“Milan” birinchi o'yinda ham 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Ushbu uchrashuvlar oralig'ida klub Italiya chempionati o'yinida "Sassuolo" bilan durang o'ynadi (3:3).

Shu tariqa, “Milan” so'nggi uchta o'yinda ikkita mag'lubiyat va durang qayd etdi. Bungacha barcha turnirlarda 7 uchrashuvdan iborat g'alabali seriya qayd etilgan.

22 aprel kuni "Milan" A Seriyaning 33-turi doirasida "Inter" bilan o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR