logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi, Indoneziya Avstraliyani mag'lub etdi

 18 APREL, 2024, 23:36

Qatar U-23 terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Alyazidi hisobni ochdi. 52-daqiqada esa iordaniyalik futbolchi Haj penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Hakam qo'shib bergan daqiqalarda esa qatarlik Almanai jamoasiga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

"A" guruhining yana bir o'yinida Indoneziya Avstraliya bilan to'qnash keldi. Birinchi bo'limning so'ngida Indoneziya futbolchisi Tegu tomonidan urilgan gol terma jamoasiga kichik hisobdagi g'alabani olib keldi.

2-turdan so'ng guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish oldi: Qatar 6 ochko bilan peshqadam, Indoneziya hisobida 3 ochko mavjud. Iordaniya 1 ochko bilan 3-pog'onani band etgan bo'lsa, Avstraliya 1 ochko bilan guruh autsayderiga aylandi.

U-23 Osiyo kubogi, 2-tur
18 aprel, payshanba
Iordaniya U-23 — Qatar U-23 1:2
Gollar: 0:1 — 40 Alyazidi, 1:1 — 52 Haj (penalti), 1:2 — 90+14 Almanai

Indoneziya U-23 — Avstraliya U-23 1:0
Gol: 1:0 — 45 Tegu.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR