logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:41
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Real» «Manchester Siti»ga qarshi o'yin oldidan raqibning «Arsenal»ga qarshi bahsini diqqat bilan o'rganib chiqqani ma'lum bo'ldi

 18 APREL, 2024, 22:18

“Real” Evropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Manchester Siti”ni mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Marca" nashrining xabariga ko'ra, o'yin oldidan Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi “shaharliklar”ning APL doirasidagi “Arsenal”ga qarshi o'yinini o'rganib chiqqan. 30-tur o'yini 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.

Qayd etilishicha, bu madridliklarning birinchi marta raqibga moslashib o'ynashi emas. Bir necha mavsum oldin “qaymoqranglilar” “Rayo Valekano”ga qarshi bahsda ham xuddi shunday usul qo'llagan.

Eslatib o'tamiz, “Real” Chempionlar Ligasi yarim finalida Myunxenning “Bavariya”si bilan to'qnash keladi. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 30 aprelga to'g'ri kelsa, javob o'yini esa 8 may sanasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR