logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bektemir Meliqo'ziev 21 aprelda frantsiyalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi

 18 APREL, 2024, 21:54

Professional bokschi Bektemir Meliqo'ziev (13-1, 10KO) O'zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida o'zining 15-jangini o'tkazadi.

Ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo'lgan Bektemir o'sha kuni frantsiyalik Per Yuber Dibombega (22-0-1, 12KO) qarshi ringga ko'tariladi. Bo'lajak jangda Meliqo'ziev o'ziga tegishli kamarni himoya qiladi.

Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan katta boks oqshomining asosiy jangi birinchi yarim o'rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Heyni hamda Rayan Garsiya o'rtasida kechadi.

Ma'lumot uchun, Bektemir shu kungacha professional boksda 14 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan. Meliqo'ziev hisobida bitta mag'lubiyat bor.

Uning raqibi Yuber esa 23 ta jang o'tkazib, ularning 22 tasida g'alabaga erishgan. Dibombe ham Bektemir Meliqo'ziev singari bir marotaba mag'lub bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR