logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:42
KirishA'zo bo'lish
Xitoy klubi Malkom uchun "Barselona"ga 65 mln evro bermoqchi

17 DEKABR, 17:45 133

U Xitoyga ketishi mumkin.

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining braziliyalik vingeri Malkomning transferi bo‘yicha yaxshigina taklif oldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nomi sir tutilayotgan Xitoy klubi 21 yoshli futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 65 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, uning o‘zi Evropadan ketmoqchi emas. Ammo, “Barselona” ushbu taklifga rozilik bildirsa, Malkom ham uni o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Malkomni o‘tgan yoz 41 mln evro evaziga “Bordo”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum kataloniyaliklar safida 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34