logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:17
KirishA'zo bo'lish
Mourino Kasilyasning qarib qolganini yuziga soldi, Iker esa ochiq «hujumga o'tdi»

17 DEKABR, 16:02 634

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas va «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino yana eski kelishmovchilikni eslab qolishdi. Ular o'rtasida 2013 yil «Real»da birga ishlagan vaqtlarida ziddiyat kelib chiqqan edi.

Bir necha hafta muqaddam Kasilyas «qirollik klubi»ning sobiq rahbari Xorxe Valdano bilan Vamos`dagi suhbatida Mourinoning besh yil oldin o'ziga qanday munosabatda bo'lganini eslab, shunday degan edi:

«Agar o'sha davrga qaytib qolsam, shartta o'zimni qo'lga olardim-u, Mourino bilan dadil yuzlashgan bo'lardim».

Matbuot vakillari posbonning ushbu so'zlarini portugaliyalik mutaxassisga etkazishdi va undan munosabat bildirishni so'rashdi. Joze Record bilan suhbatda bundan hayron qolmayotganini bildirdi:

«Faoliyatining oxirgi damlarini o'tkazayotganlar shunga o'xshash narsalarni gapirib yurishadi, bu - tabiiy hol».

Bugun esa Kasilyas Twitter sahifasida javob zarbasini yo'llab, shunday deb yozdi:

«Portugaliya gazetalaridan birining yozishicha, kimdir men kabi [37 yoshga borib qolgan] futbolchi karerasining so'nggi bosqichida turganini aytibdi. Uning fikrlariga to'la qo'shilaman!

Bu gazetaga mening savolim shunday: xo'sh, murabbiylarga kelganda-chi? Ular bir jamoani ortiq oldinga etaklay olmayotgani yoki shug'ullantirish qo'lidan kelmayotganini qaerdan bilish mumkin?»

Qayd etish kerak, Kasilsning ushbu munosabati «Manchester Yunayted» «Liverpul» bilan o'yinda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgani fonida yangramoqda.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26