logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:46
KirishA'zo bo'lish
Emeri qishki transfer rejalari haqida gapirdi

17 DEKABR, 13:54 259

«Arsenal» bosh murabbiyi Unayi Emeridan kelasi oydagi transfer oynasi vaqtiga qanday rejalari borligi haqida so'rashdi.

«Yanvarda xaridlar qilishimiz masalasi hali ochiq turibdi. Bu vaqtda transfer bozorida variantlar ko'p bo'lmaydi.

Agar bizga yordam bera olishi mumkin bo'lgan futbolchini topa olsak, uni sotib olamiz. Ammo faqat birgina holatda shunday yo'l tutamiz – yangi futbolchi haqiqatan ham jamoaga foydali bo'lishi kerak.

Yanvar – xaridlar uchun eng yaxshi vaqt emas. Shunday bo'lsa-da ko'raylik-chi, klub bu yo'nalishda ish olib boryapti», – degan Emeridan iqtibos keltirdi klub rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, kecha «to'pchilar»ning 22 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi tugadi: jamoa «Sauthempton»dan mag'lub bo'ldi (2:3). Mag'lubiyatga tarkibdagi yo'qotishlar ham sabab bo'lgani ehtimol, boisi Rob Holding, Sead KolashinaTs va Mavropanos shikastlangani bois o'yinni o'tkazib yubordi, boz ustiga, kecha Ektor Bellerin va Shtefan Lixtshtayner ham jarohat oldi.

Endilikda «Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida 34 ochko bilan beshinchi o'rinda qolmoqda. Avvalroq londoniklar «Barselona» yarimhimoyachisi Denis Suaresga qiziqayotgani malum bo'lgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28