logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Valverde: "Shunchaki Messining o'yinidan rohat olishimiz kerak"

 17 DEKABR, 11:18 110

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Levante"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 16-tur uchrashuvi (5:0) haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda Kataloniya klubi hujumchisi Lionel Messi 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

"Juda mamnunman, chunki mehmondagi avvalgi bahsimizda 5ta gol o'tkazib yuborganmiz. Bu bir necha oy oldin sodir bo'ldi. "Levante" mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda, shu sababli bu erdan yaxshi kayfiyatda ketyapman.

Messining o'yinini nima deb atashni bilmayman. Biz shunchaki uning harakatlaridan rohat olishimiz kerak" - deydi Valverde.

Messi joriy mavsum LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR