logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:15
KirishA'zo bo'lish
Garet Sautgeyt Angliyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb elon qilindi

17 DEKABR, 11:15 126

Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt o'z mamlakatida yilning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. BBC talqini bo'yicha etirof haqida Angliya futbol assoTsiaTsiyasi rasmiy tvitterida xabar qilingan.
48 yoshli Sautgeyt Angliya termasini 2016 yil sentabr oyida qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa JCh-2018 final bosqichida to'rtinchi o'rinni oldi, bu esa «uch sherlar»ning oxirgi 28 yildagi eng yaxshi natijasi bo'ldi.

Mundialdan so'ng inglizlar yangi tashkil etilgan Millatlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xorvatiya va Ispaniya termalari bilan bir guruhdan joy olgan jamoa birinchi o'rinni egallab, pley-offga chiqdi. Bosh sovrin uchun to'rt jamoa ishtirokidagi kurashlar 2019 yil iyun oyida Niderlandiyada bo'lib o'tadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31