logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:36
KirishA'zo bo'lish
19 yoshli sardor «Golden Boy» mukofoti sohibi bo'ldi

17 DEKABR, 11:14 150

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Golden Boy» sovrini sohibi bo'ldi.

Niderlandiyalik istedod egasi so'rovnomada «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold, «Milan» hujumchisi Patrik Kutrone, «Roma» yarimhimoyachisi Jastin Klyuyvert va «Real» yarimhimoyachisi Vinisius Juniordan ko'proq ovoz to'plashga muvaffaq bo'lgan.

19 yoshli de Ligt 2016 yilda «Ayaks»da debyut qilgan. Jamoa sardori hisoblanuvchi futbolchi Erediviziyaning ushbu mavsumida 15ta o'yinda qatnashib, 2+1 mahsuldorlik natijasiga erishdi. Matteysga «Barselona» klubi jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar bor.

De Ligt sovrinni bugun Turinda qabul qilib oladi.

Malumot uchun, «Golden Boy» Evropa chempionatlarida to'p suruvchi 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga topshiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda tasis etilgan bo'lib, g'olib The Times (Angliya), France Football (FranTsiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar bergan ovozlarga ko'ra aniqlanadi.

Bu safargi ovoz berish jarayonida turli mamlakatlardan bo'lgan 30dan ziyod jurnalistlar ishtirok etgan.

Mukofot 2017 yilda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20