logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:06
KirishA'zo bo'lish
«Liverpul» 17-turgacha yutqazmay keldi – bu birinchi marta emas

17 DEKABR, 11:14 184

«Liverpul» APLning 17-turi markaziy bahsida «Manchester Yunayted»ni mag'lub etdi – 3:1.

Bu mersisaydliklarning Premer-liga ushbu mavsumidagi 14-g'alabasi bo'ldi. Bunga qadar jamoa uchta durang ham qayd etgan bo'lib, hamon mag'lubiyatsiz seriya qayd etib kelmoqda.

Chempionat startidagi 17ta o'yinda biror marta mag'lub bo'lmaslik «qizillar»ga begona emas. Klub tarixida bunday holat ikki marotaba kuzatilgan.

Birinchi marta «Liverpul» 1949/50, keyinroq 1987/88 yillar mavsumini ana shunday mag'lubiyatsiz seriya bilan boshlagan. Ularning birinchisida jamoa chempionatni sakkizinchi o'rinda yakunlagan bo'lsa, keyingi safar chempionlikka erishgan.

Umumiy hisobda esa Yurgen Klopp jamoasi qatorasiga 18 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligi bilmayapti. Bu jamoaning 1990 yildan keyingi eng yaxshi seriyasidir. O'shanda klub 23ta bahsda yutqazmay kelgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20