logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:39
KirishA'zo bo'lish
Messi ispan klublaridagi het-triklar soni bo'yicha Ronalduga etib olmoqda

17 DEKABR, 11:13 118

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Levante»ga qarshi o'yindagi (5:0) barcha gollarda ishtirok etib, statistik jihatdan ahamiyatli bir qator ko'rsatkichlarga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Messi uchrashuvda uchta gol urib, ikkita samarali pas muallifi ham bo'ldi. Natijada uning 2018 yil hisobidan urgan gollari soni 50taga etdi.

Kechagi bahsda Leo «Barsa» libosidagi 43-het-trikini rasmiylashtirdi. Ispan klublari safida eng ko'p het-trik muallifi bo'lgan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi: portugaliyalik «Real»dagi faoliyati davomida 44 marta ana shunday mahsuldor natijaga erishgan edi.

Messi, shuningdek, kuchli beshlik chempionatlarining ushbu mavsumida gol+pas tizimi bo'yicha 20 ochko to'plagan birinchi futbolchi bo'ldi: u 14 o'yinda 14+9 natijasiga erishib, 23 ochko to'pladi.

Qayd etish joiz, bir o'yinda urilgan beshta golda bevosita ishtirok etish argentinalikning faoliyatida 7 yildan buyon kuzatilmayotgan edi. U 2011 yil sentabrida ham «Osasuna»ga qarshi bahsda (8:0) 3ta gol va 2ta golli pasga mualliflik qilgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25