logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
La liga. «Levante» - «Barselona» 0:5. Messi barcha golda ishtirok etdi (video)

 17 DEKABR, 07:17 224

Ispaniya La ligasining 16-turi doirasida "Barselona" safarda "Levante" klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Mezbonlar nomdor raqibga deyarli hech qanday qarshilik ko'rsata olishmagan bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" ideal o'yin o'tkazishdi. Birinchi bo'lim o'rtalarida "Levante" hisobni ochishi mumkin edi, ammo to'p to'singa tegib qaytdi. Bu maydon egalari tomonidan yaratilgan yagona golga tortadigan imkoniyat edi. Bahsning 35-daqiqasida Messi bir nechta futbolchilarni aldab o'tib, Suaresga aniq uzatma berdi.

Urugvaylik futbolchi 7-8 metr masofadan darvozani ishg'ol etdi. Bo'lim tugash arafasida Leo yakkama-yakka vaziyatda hisobdagi farqni oshirgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Messining o'zi ajoyib kombinatsiyani gol bilan yakunladi.Oradan ko'p o'tmasdan argentinalik futbolchi o'z "xet-trigi"ni nishonladi. O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa mehmonlar qarshi hujumga o'tishdi. Messining pasidan keyin Pike "Barsa"ning beshinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Barselona" o'z ochkolarini 34taga etkazib, La ligada peshqadamlik qilishda davom etadigan bo'ldi.

Lionel Messi esa 14ta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadam bo'lib oldi.Ispaniya La ligasi,

16-tur Levante – Barselona 0:5 (0:2, 0:3)Gollar: 0:1 – 35

Suares, 0:2 – 43 Messi, 0:3 – 47 Messi, 0:4 – 60 Messi, 0:5 – 88 Pike.

Levante – Olasabal, Kabako, Postigo (Prtsich, 70), Rober, Jeyson, Rochina (Koke, 69), Kampanya, Bardi, Tono, Boateng (Mayoral, 62), Morales.

Barselona – ter Shtegen, Pike, Langle, Vermalen (Artur, 52), Dembele (Denis Suares, 81), Rakitich, Buskets, Vidal (Koutino, 78), Alba, Suares,

Messi.Ogohlantirishlar: Dembele (18), Rober (25), Rakitich (36), Alba (45), Jeyson (59).

Chetlatish: Kabako (76).

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR