logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:42
KirishA'zo bo'lish
Fekir nega "Liverpul"ga o'tmagan?

11 DEKABR, 12:59 183

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olyas jamoa yarim himoyachisi Nabil Fekir nega "Liverpul"ga o'tmagani haqida gapirib berdi.

Transfer yozda amalga oshishi kerak edi, ammo so'nggi soatlarda vaziyat o'zgardi. O'sha paytda "Liverpul" futbolchi tizzasidagi tekshiruvdan so'ng xaridni amalga oshirmagani aytilgan edi.

"Tizza - "Liverpul" foydalangan sabablardan biri, ammo hammasi shunga bog'liq bo'lganiga ishonmayman. "Liverpul" va "Lion" o'zaro kelishib olgan edi. "Qizillar"da shubha paydo bo'ldi va biz qiyin vaziyatga tushib qoldik, chunki Nabil mundialga ketaetgandi. Natijada muzokaralarni to'xtatdik, Nabil buni to'g'ri tushundi" - deydi Olyas.

Fekir va "Lion" o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsum Fekir Liga 1ning 10ta uchrashuvida 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30