logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Nyukasl" "Sporting" klubining ikki nafar futbolchisiga ko'z tikdi

 25 MART, 2024, 21:54

"Nyukasl" yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

A Bola nashri xabar berishicha, Premer-liga klubi Lissabonning "Sporting" klubining ikki markaziy himoyachisi - Gonsalo Inasiu va Usmon Diomandega qiziqish bildirmoqda.

"Sherlar" 22 yoshli Inasiuni 60 million evroga, 20 yoshli Diomandeni esa 80 million evroga sotmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda. Eddi Xau jamoasi navbatdagi uchrashuvni 30 mart, shanba kuni o'z maydonida "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR