logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Alves nihoyat qamoqdan ozod etildi

 25 MART, 2024, 21:18

"Sevilya" va "Barselona"ning sobiq himoyachisi, braziliyalik futbolchi Dani Alves 1 million evro evaziga qamoqdan ozod etildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Alveslar oilasi 1 million evro miqdorida kredit olishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

O'tgan yilning yanvar oyida 40 yoshli Dani Alves Barselonadagi “Satton” tungi klubida bir qizni zo'rlaganlikda ayblangan edi.

20 yanvar kuni sobiq futbolchi hibsga olindi. Keyinchalik braziliyalik 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, jabrlanuvchiga ma'naviy tovon sifatida 150 ming evro to'lashga majbur bo'ldi.

Shu bilan birga, Ispaniya prokuraturasi Alvesni ko'proq vaqt hibsda qolishi kerak deb hisoblab, sud qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtirgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR