logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Yorn Andersen: «Futbolda hamma narsaning imkoni bor. O'zbekistonga ijobiy natija uchun keldik»

 25 MART, 2024, 20:06

Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen O'zbekistonga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men Srechko Katanetsga sog'liq va omad tilayman. Biz Germaniya chempionatida bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz. O'sha paytda u «Shtutgart»da, men esa «Ayntraxt»da faoliyat yuritganman. Umid qilaman, u tezroq sog'ayadi.

Katanetsning yo'qligi katta ahamiyatga ega bo'lmaydi. Ammo o'yin paytida bosh murabbiy muhim, ammo uning murabbiylar shtabida yaxshi mutaxassislar bor.

Katta futbol mamlakati bo'lmagan biz kabi jamoalar uchun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi. O'zbekiston FIFA reytingida Osiyo jamoalari orasida 8-o'rinni egallab turibdi. O'zbekiston o'z o'yini orqali Evropaning yaxshi jamoalari bilan raqobatlasha oladi.

Biz Gonkongda o'tkazilgan ilk o'yinga yaxshi  tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibga qarshi to'g'ri taktika qo'llagan holda tajokuzkor o'ynab, bo'sh hudud qoldirmaslikka intildik. Futbolda barcha narsaning imkoni bor. Biz bu erga ijobiy natija uchun keldik.

Gonkong uchun O'zbekiston va Eron kabi jamoalarga qarshi o'ynash oson emas. Ammo biz bularga qarshi o'yinlarda ko'p narsa o'rganyapmiz. Biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz va maydonda jang qilishimiz kerak.

Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar saviya borasida bizga yaqin bo'lgan raqiblarga qarshi bahslarda bizga qo'l keladi. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi, ammo futbolchilarda motivatsiya yuqori va biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

Bu ajoyib mamlakat kelganimizdan xursandmiz. Mashg'ulot uchun bizga taqdim etilgan maydon sifatidan qoniqish hosil qildik", — dedi norvegiyalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR